Ronaldu ta'siri fonida Al-Nasr rahbari iste'foga chiqdi

Krishtianu Ronaldu atrofidagi norozilik holati klub ichida iz qoldirgani ko'rinmoqda. Arriyadiyah xabariga ko'ra, Mohammad al-Skit «Al-Nasr» direktorlar kengashi raisi lavozimidan iste'fo berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada aytilishicha, funksioner qarorini shaxsiy sabablar bilan izohlagan, biroq tafsilotlarni ochiqlamagan.
Avvalroq klubda Ronalduga yaqin sanaladigan portugaliyaliklar — Joze Semedu va Simao Koutinyo vakolatlari qayta tiklangani haqida ham xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, yulduz hujumchiga klub ichidagi muammolarni bartaraf etish bo'yicha muayyan va'dalar berilgani aytiladi.
Qayd etilishicha, «Al-Nasr» boshqaruvidagi o'zgarishlar davom etadi. Jamoa ayni paytda turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing