date

Panenka penalti uslubi hurmatsizlik emasligini ta'kidladi

Panenka penalti uslubi hurmatsizlik emasligini ta'kidladi

Afsonaviy futbolchi Antonin Panenka o‘z nomi bilan ataladigan «panenka» uslubida penalti tepish raqibni kamsitish degan fikrga qo‘shilmasligini aytdi. U bu zarbani 1976 yilgi Yevropa chempionati finalida muvaffaqiyatli ijro etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Panenkaning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda u raqib ustidan kulish haqida emas, aynan gol urish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan variant haqida o‘ylagan. «Bunday zarba hurmatsizlikmi? Yo‘q, men bunga qo‘shilmayman. Yevropa chempionati finalida hech kim masxara qilishni o‘ylamaydi. Men futbolni sevaman va hech kim ustidan kulmoqchi bo‘lmaganman. Menimcha, bu gol urishning eng yaxshi yo‘li edi», — dedi u Cadena SER radiosidagi El Larguero dasturida.

Shuningdek, Panenka avvalroq Brahim Dias nega Afrika millatlar kubogi finalida «panenka» bilan gol ura olmaganini o‘z qarashlari asosida izohlab bergandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Panenka penalti uslubi hurmatsizlik emasligini ta'kidladi