date

Panenka mashhur penaltisi haqida o'z fikrini bildirdi

Panenka mashhur penaltisi haqida o'z fikrini bildirdi

Afsonaviy futbolchi Antonin Panenka uning nomi bilan bog'liq penalti uslubi raqibni kamsitish degan qarashlarga qo'shilmadi. U bu zarbani ilk bor Yevropa chempionati-1976 finalida amalga oshirgani bilan tarixda qolgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Panenkaning aytishicha, bunday qaror maydonda masxara qilish uchun emas, balki eng ishonchli gol urish yo'li sifatida qabul qilinadi. «Bu raqibga hurmatsizlikmi? Men bunga qo'shilmayman. O'sha payt men uchun eng ehtimolli gol urish yo'li shu edi. Yevropa chempionati finalida raqib ustidan kulishni o'ylamaysan. Men futbolni yaxshi ko'raman va hech kim ustidan kulishni istamaganman. Men buni gol urishning eng yaxshi usuli deb bildim», — dedi Panenka Cadena SER radiosining El Larguero dasturida.

Shuningdek, u avvalroq o'z fikricha, Braim Dias Afrika millatlar kubogi finalida nega «panenka» uslubida gol ura olmagani haqida ham izoh bergandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Panenka mashhur penaltisi haqida o'z fikrini bildirdi