Panenka penaltidagi uslubini hurmatsizlik deb bilmaydi

Yevro-1976 finalida tarixga kirgan mashhur «panenka» zarbasini amalga oshirgan Antonin Panenka bu uslub raqibni kamsitish degan qarashga qoʻshilmasligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning taʼkidlashicha, bunday vaziyatda futbolchi raqib ustidan kulishni emas, eng ishonchli yoʻl bilan gol urishni oʻylaydi. «Buni hurmatsizlik deyishadimi? Men rozi emasman. Oʻsha payt men buni gol urish ehtimoli eng yuqori usul deb hisoblagandim. Yevropa chempionati finalida raqib ustidan kulish haqida oʻylamaysan. Men futbolni sevaman va hech kimni masxara qilishni istamaganman. Men uchun bu gol urishning eng yaxshi yoʻli edi», — dedi Panenka Cadena SER radiosining El Larguero dasturida.
Avvalroq Panenka Afrika Millatlar kubogi finalida Braim Dias nega «panenka» uslubida gol ura olmaganini ham oʻz fikricha izohlagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!