date

Panenka o‘z uslubidagi penalti zarbasi haqida fikr bildirdi

Panenka o‘z uslubidagi penalti zarbasi haqida fikr bildirdi

Chexiya futboli afsonasi Antonin Panenka «panenka» uslubida tepilanadigan penalti zarbasi raqibga hurmatsizlik, degan qarashga qo‘shilmasligini aytdi. U ushbu uslubni 1976 yilgi Yevropa chempionati finalida muvaffaqiyatli qo‘llagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Panenkaga ko‘ra, o‘sha paytda u raqibni masxara qilishni emas, eng ishonchli yechimni tanlagan. «Bunday zarba hurmatsizlikmi? Yo‘q, men bunga qo‘shilmayman. O‘sha lahzada men uchun eng ehtimolli gol urish yo‘li shu edi. Yevropa chempionati finalida hech kim raqib ustidan kulishni o‘ylamaydi. Men futbolni yaxshi ko‘raman va hech kimning ustidan kulishni istamaganman. Menimcha, bu gol urishning eng yaxshi yo‘li edi», — dedi Panenka Cadena SER radiosidagi El Larguero dasturida.

Shuningdek, u avvalroq Afrika Millatlar Kubogi finalida Brahim Dias nega «panenka» uslubida gol ura olmaganini ham o‘z nuqtayi nazaridan izohlagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Panenka o‘z uslubidagi penalti zarbasi haqida fikr bildirdi