date

Shevchenko nega Italiyaga qaytish taklifini rad etganini aytdi

Shevchenko nega Italiyaga qaytish taklifini rad etganini aytdi

2006 yilda ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenko Italiya chempionatini tark etib, Angliyaga yo‘l olgandi. Biroq ikki yil o‘tib, Premyer-ligada ishlar kutilganidek ketmagani bilinib qolgan paytda u yana A Seriyaga qaytish imkoniga ega bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shevchenkoning aytishicha, 2008 yilda uni o‘sha paytda “Roma”ni boshqargan Luchano Spalletti jamoaga chorlagan, ammo futbolchi bu taklifni rad etgan. “Agar Italiyaga qaytadigan bo‘lsam, faqat ‘Milan’ uchun qaytardim”, deya uning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.

So‘nggi yillarda Shevchenko murabbiy sifatida katta natijalarga erisha olmadi, shuningdek siyosatda ham o‘zini sinab ko‘rishga uringan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shevchenko nega Italiyaga qaytish taklifini rad etganini aytdi