Shevchenko Italiyaga qaytish taklifini nega rad etganini aytdi

2006 yilda ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenko Italiyadan Angliyaga yo'l oldi. Biroq ikki yil o'tib, Angliyadagi faoliyati kutilganidek kechmayotgani bilinib qolgach, u yana A Seriyaga qaytish imkoniyatiga ega bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shevchenkoning so'zlariga ko'ra, 2008 yilda o'zini avvalgi yillardagidek formada his qilmagan bo'lsa-da, o'sha paytda "Roma"ni boshqargan Luchano Spalletti uni jamoaga chorlagan. Ammo hujumchi taklifni rad etgan va agar Italiyaga qaytadigan bo'lsa, faqat "Milan" safida o'ynashini ta'kidlagan.
So'nggi yillarda Shevchenko murabbiy sifatida unchalik katta natijalarga erisha olmadi, shuningdek siyosatda ham o'zini sinab ko'rishga urinib ko'rgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing