date

Marsel yangi bosh murabbiy nomzodini belgilab oldi

Marsel yangi bosh murabbiy nomzodini belgilab oldi

"Marsel" Roberto de Dzерbi bilan xayrlashgach, bosh murabbiylik uchun yangi nomzod izlashni jadallashtirdi. Jurnalist Sebastyan Deni xabariga ko'ra, fransuz klubi e'tibor qaratayotgan variantlardan biri — "Al-Ittihod"ni boshqarayotgan Serjiu Konseysau. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan. Shunga qaramay, "Marsel" rahbariyati portugaliyalik mutaxassisni ancha vaqtdan beri kuzatib keladi — klub Konseysauni 2024 yilda ham jamoaga olib kelishni xohlagan.

Qayd etilishicha, murabbiyning "Al-Ittihod" bilan tuzilgan shartnomasida 4,5 mln yevro miqdoridagi tovon puli bandi ko'rsatilgan.

Fransiya chempionatining 21-turidan keyin "Marsel" 39 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marsel yangi bosh murabbiy nomzodini belgilab oldi