Shevchenko Romaga qaytish taklifini rad etganini aytdi

2006 yilda ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenko Italiya futbolini tark etib, Angliyaga yo‘l oldi. Biroq ikki yil o‘tib, Angliyadagi faoliyati kutilganidek kechmayotgani ayon bo‘lgan paytda, u A Seriyaga qaytish imkoniyatiga ham ega edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shevchenkoning aytishicha, 2008 yilda “Roma” bosh murabbiyi bo‘lgan Luchano Spalletti uni jamoaga chorlagan, ammo futbolchi bu taklifni qabul qilmagan. U Italiyaga qaytishga qaror qilganida ham, faqat “Milan” safida o‘ynashni istaganini ta’kidladi.
So‘nggi yillarda Shevchenko murabbiy sifatida unchalik katta natijalarga erisha olmadi, shuningdek, siyosatda ham o‘zini sinab ko‘rishga urinib ko‘rgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing