Ronaldu qizi bilan birga zalda mashg'ulot o'tkazdi

Krishtianu Ronalduning jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Unda yulduzli hujumchi sport zalida gantellar bilan mashg'ulot qilayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kadrda 41 yoshli futbolchi yonida uning qizlaridan biri ham bor. Qizaloq ham gantel ushlab turgan, biroq u kichkina, pushti rangdagi variantni tanlagan.
Jorjina suratga qisqa izoh qoldirib, “Dada”, deb yozdi.
Avvalroq Rodriges Ronalduni tug'ilgan kuni bilan tabriklagan posti ham e'tiborga tushgandi — u futbolchining 41 yoshga to'lganidan keyingi kuni e'lon qilingan.
So'nggi vaqtlarda Ronaldu “An-Nasr”ning bir nechta o'yinlarida maydonga tushmadi. Matbuotda portugaliyalik hujumchi klub boshqaruvidan norozi bo'lgani sababli uchrashuvlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!