date

Naumov Mourinyoga Saudiya chempionatini mos manzil deb bildi

Naumov Mourinyoga Saudiya chempionatini mos manzil deb bildi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyoning keyingi faoliyati uchun qaysi liga ma’qul bo‘lishi mumkinligini aytdi. U bu haqdagi fikrlarini “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Naumovning ta’kidlashicha, Mourinyoning avvalgi darajadagi ta’siri sezilmayapti: u portugal mutaxassisi futbol rivojidan biroz ortda qolganini, bir paytlar sirli va kutilmagan qarorlari bilan ajralib turgan murabbiy hozir oddiyroq va “o‘rtacha” ko‘rinishga kelib qolganini qayd etdi.

Ekspertning fikricha, Mourinyo uchun eng qulay yo‘nalish Saudiya Arabistoni bo‘lishi mumkin. Naumov u yerda maoshlar yuqori ekani, shov-shuv va mojarolarni yaxshi ko‘rishlari, shuningdek, yoshi katta nomdor futbolchilar bilan ishlash imkoniyati borligini aytdi.

Mourinyo boshqaruvidagi “Benfika” Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Naumov Mourinyoga Saudiya chempionatini mos manzil deb bildi