Kapello Ronalduni Messi, Maradona va Ronaldo bilan qiyoslamadi

Rossiya terma jamoasi hamda Madridning "Real" klubida ishlagan Fabio Kapello portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiyalik mutaxassisning aytishicha, Ronaldu — buyuk to'purarlardan biri va juda kuchli atlet. Biroq Kapelloga ko'ra, unda Lionel Messi, Diyego Maradona va Ronaldo darajasidagi tabiiy daholik yo'q, shu sabab Krishtianuni bu uch futbolchi bilan bir qatorga qo'yib bo'lmaydi. Bu fikrni A Bola nashri keltirdi.
Hozir 40 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida to'p surmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan, futbolchining taxminiy transfer qiymati esa 12 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing