Shevchenko Italiyaning Roma taklifini rad etganini esladi

2006 yilda ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenko Italiyani tark etib, faoliyatini Angliyada davom ettirish uchun yoʻl oldi. Biroq ikki yil o‘tib, Premyer-ligada ishlar u kutgandek ketmagani ayon bo‘lgach, u yana A Seriyaga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shevchenkoning aytishicha, 2008 yilda uni o‘sha paytda “Roma”ni boshqargan Luchano Spalletti jamoaga chorlagan, ammo futbolchi bu taklifni qabul qilmagan. “Agar Italiyaga qaytadigan bo‘lsam, faqat ‘Milan’ga qaytardim”, — deya uning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.
So‘nggi yillarda Shevchenko murabbiy sifatida uncha katta muvaffaqiyat qayd eta olmadi, shuningdek, siyosatda ham o‘zini sinab ko‘rishga uringan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing