Buффон Pio Espozitoni Italiya futbolining umidi deb atadi

Turinning “Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon hozirgi paytda eng istiqbolli italiyalik futbolchi kimligini aytdi. Uning fikricha, bu — “Inter” hujumchisi Pio Espozito. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Buffon Espozitoni shaxsan kuzatganini ta’kidlab, yosh futbolchining kamtarligi, professionalligi va yuqori motivatsiyasini alohida qayd etdi. Sobiq posbonning aytishicha, u Espozitoni jahon chempionatiga Italiya terma jamoasi tarkibiga ikkilanmasdan kiritgan bo‘lardi va futbolchi o‘zini katta sahnada yorqin ko‘rsatishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Milanning “Inter” klubi Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing