Buффon Pio Esposito Italiya terma jamoasining umidi dedi

Italiya terma jamoasi va “Yuventus”ning sobiq darvozaboni Janluiji Buффon hozirgi paytda eng istiqbolli italiyalik futbolchi kimligini aytdi. Uning fikricha, bu — “Inter” safida top surayotgan Pio Esposito. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Afsonaviy posbon yosh hujumchining yaqin kelajakda, xususan, jahon chempionatidayoq o‘zini yorqin ko‘rsatishiga umid bildirdi.
“Men Espositoni shaxsan kuzatdim va u menda juda katta taassurot qoldirdi. U kamtar, professionalligi yuqori, motivatsiyaga to‘la va doimiy ishtiyoq bilan o‘ynaydi. Men uni Italiya terma jamoasining jahon chempionati tarkibiga hech ikkilanmasdan olgan bo‘lardim”, — deya Buффonning so‘zlarini calcionapoli1926.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Milanning “Inter” klubi Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!