date

Buffon Italiya JChga chiqishiga ishonchi komil

Buffon Italiya JChga chiqishiga ishonchi komil

Italiya terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanma masalasini pley-offdagi o‘tish o‘yinlari orqali hal qiladi. Mart oyida bo‘ladigan ushbu bahslardan so‘ng italiyaliklar iyundagi mundialda qatnashadimi-yo‘qmi, aniq bo‘ladi — hozircha yo‘llanma kafolatlanmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, “skuadra adzurra”ning sobiq darvozaboni Janluiji Buffon terma jamoa muvaffaqiyatiga zarracha shubha qilmayapti. Uning ta’kidlashicha, Italiyaning tarkibi kuchli, murabbiyi esa o‘ziga xos, federatsiya ham natija uchun bor imkonini ishga solmoqda.

“Terma jamoamizdan shubhalanamanmi? Bizda kuchli tarkib va alohida murabbiy bor, federatsiya esa muvaffaqiyat uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda. Eng muhimi — g‘alaba uchun o‘ynash. Maydonga shunday tushish kerakki, keyin hech narsadan afsuslanib qolmaysan”, — deya Buffonning so‘zlarini calcionapoli1926.it keltirdi.

Italiya oxirgi bor 2006 yilda Jahon chempioni bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Buffon Italiya JChga chiqishiga ishonchi komil