date

Kvarasxeliya yozda "PSJ" tarkibini tark etmaydi

Kvarasxeliya yozda "PSJ" tarkibini tark etmaydi

Gruziyalik hujumchi Xvicha Kvarasxeliya joriy yozgi transfer oynasida "PSJ" klubini tark etish niyatida emas. Bu haqda futbolchining otasi Badri Kvarasxeliya OAVga bergan intervyusida ma'lum qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

So'nggi vaqtlarda Londonning "Arsenal" klubi 25 yoshli vingerga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbolchining yaqinlari bu ma'lumotlarni rad etib, uning kelajagi faqat Parij bilan bog'liqligini ta'kidlamoqda.


Kvarasxeliya Fransiya grandining uzoq muddatli loyihasiga to'liq sodiq qolishga qaror qilgan. Hozirda futbolchi jamoa bilan birgalikda ketma-ket Chempionlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritishni maqsad qilgan.

Eslatib o'tamiz, gruziyalik iqtidor egasi o'zining yorqin o'yinlari bilan Yevropaning bir qator yetakchi klublari e'tiborini tortib kelmoqda. Shunga qaramay, "PSJ" rahbariyati ham asosiy yetakchilaridan birini qo'yib yubormoqchi emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kvarasxeliya yozda "PSJ" tarkibini tark etmaydi