date

"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatining ilk davridagi qiyinchiliklar haqida so'zlab berdi

"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatining ilk davridagi qiyinchiliklar haqida so'zlab berdi

"Real Madrid" va Urugvay terma jamoasi sardori Fede Valverde faoliyatining ilk yillaridagi qiyinchiliklar va kutilmagan voqealar haqida so'zlab berdi. Futbolchi Madrid klubiga o'tgan ilk davrlarida o'zini boshqa dunyoga tushib qolgandek his qilganini tan oldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Valverde "Kastilya" jamoasida o'ynab yurganida jamoadoshlarining qimmatbaho mashinalari va brend kiyimlarini ko'rib, o'zini noqulay sezgan. Urugvaylik yarim himoyachi o'sha paytda kiyimlarini boshqalar ko'rmasligi uchun tezda almashtirib olishga harakat qilganini esladi.

Mashg'ulotlar jarayonida Valverde o'zining kuchli zarbalari bilan darvozabonlarga jiddiy muammolar tug'dirgan. Xususan, u mashg'ulot paytida murabbiy Zinedin Zidanning o'g'li Luka Zidanning yelkasini jarohatlab qo'ygan.

Fede o'shanda klub rahbariyati uni bu xatosi uchun jamoadan haydab yuborishini kutgan edi.

Shuningdek, futbolchi bolaligida ovozi bilan bog'liq muammolar bo'lganini va bu uning ruhiyatiga ta'sir qilganini aytdi. Moliyaviy qiyinchiliklar sababli jarrohlik amaliyotini o'tkaza olmagan Valverde uzoq vaqt davomida odamlar orasida gapirishdan uyalib yurgan.

Ispaniya Superkubogi doirasida Alvaro Morataga qarshi ishlatgan qo'pol foliga to'xtalar ekan, Valverde bu jamoa g'alabasi uchun zarur bo'lganini ta'kidladi. U o'sha vaziyatda qizil kartochka olishini bilgan bo'lsa-da, "Real Madrid" manfaati uchun tavakkal qilganini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatining ilk davridagi qiyinchiliklar haqida so'zlab berdi