date

Buffon Italiya mundialga chiqishiga ishonchi komil

Buffon Italiya mundialga chiqishiga ishonchi komil

Italiya terma jamoasi mundial yo‘llanmasi masalasini mart oyidagi o‘tish o‘yinlarida hal qiladi. Yozda bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashish hozircha kafolatlanmagan va “skuadra adzurra” uchun bu jarayon yoqimsiz sinov bo‘lib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq terma jamoaning sobiq darvozaboni Janluiji Buffon bunday vaziyatda ham ishonchini yo‘qotmayapti. Uning fikricha, italiyaliklarda kuchli tarkib bor, murabbiylar shtabi o‘ziga xos yondashuvga ega, federatsiya esa natija uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Buffon jamoa maydonga g‘alaba uchun tushishi, o‘yin uslubi esa oxir-oqibat pushaymon bo‘lmaslik darajasida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Italiya oxirgi bor jahon chempioni unvonini 2006 yilda qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Buffon Italiya mundialga chiqishiga ishonchi komil