Naumov Mourinyu uchun Saudiya Arabistonini mos ko'rdi

"Lokomotiv"ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatini davom ettirishi uchun eng maqbul manzil sifatida Saudiya Arabistoni chempionatini tilga oldi. U bu fikrini "Yevro-Futbol.Ru"ga bergan intervyusida bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning aytishicha, Mourinyuning eng yuqori darajadagi davri ortda qolgan, u esa futbol taraqqiyotidan biroz ortda qolgandek ko'rinadi. Ekspertning fikricha, avvallari sirli va kutilmagan qarorlari bilan ajralib turgan mutaxassis hozirda odatdagi, o'rtacha murabbiy taassurotini qoldirmoqda.
Shu bois Naumov Mourinyu uchun Saudiya Arabistoni varianti ayni muddao ekanini ta'kidladi: u yerda maoshlar katta, mojarolarni yaxshi ko'rishadi va yoshi katta, nomdor futbolchilar bilan ishlash imkoniyati bor. Uningcha, bu muhit portugaliyalik murabbiyga mos tushadi.
Ma'lumot uchun, Mourinyu boshqaruvidagi "Benfika" Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning "Real"iga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Portugaliyada bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!