Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarishni anchadan beri istagan

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel shartnomasini uzaytirdi. Germaniyalik mutaxassis bilan yangilangan kelishuv 2028 yilga qadar moʻljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tuxel 2021 yilda “Chelsi”ni boshqarib turgan paytida Yevropa chempionati uchrashuvlari fonida “Uembli”dagi muhit uni kuchli taassurotlantirganini aytdi. “Oʻsha o‘yinlarda butun mamlakat hayajoni sezilardi. Men agentimga qoʻngʻiroq qilib: ‘Vau, bu mening orzum! Avval ‘Chelsi’ bilan barcha sovrinlarni yutaman, keyin Angliya terma jamoasida ishlashni xohlayman’, degandim”, — deya murabbiy soʻzlarini “uch sher” matbuot xizmati keltirdi.
Maʼlumot uchun, Tuxel “Chelsi”ni 2021 yil yanvaridan 2022 yil sentyabrigacha boshqargan. Angliya terma jamoasida esa u 2025 yil boshida ish boshlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!