date

Anchelotti Braziliya termasi bilan yangi shartnoma imzolaydi

Anchelotti Braziliya termasi bilan yangi shartnoma imzolaydi

Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqin kunlarda jamoa bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Athletic xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassisning Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan yangi kelishuvi allaqachon tayyor, hozircha faqat rasmiy formalitetlar qolgan.

Terma tarixidagi ilk xorijlik murabbiy boshchiligida Braziliya 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.

Mundialning final bosqichida braziliyaliklar Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bir guruhdan o'rin oldi.

Braziliyaning guruh bosqichidagi uchrashuvlari 13, 19 va 24 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Avvalroq Anchelotti yozda “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Braziliya termasi bilan yangi shartnoma imzolaydi