Naumov Mourinyoga Saudiya chempionati mosligini aytdi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyoga qaysi liga ko'proq mos kelishini aytdi. U bu boradagi fikrlarini “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning fikricha, Mourinyoning eng yuqori darajadagi davri ortda qolgan va unga tanaffus kerak. Ekspert portugaliyalik mutaxassis futbol tendensiyalaridan biroz ortda qolganini, avvallari sirli va kutilmagan qarorlari bilan ajralib turgan murabbiy endi esa oddiyroq ko'rinishga kirib qolganini ta'kidladi.
Naumov Mourinyoga Saudiya Arabistoni chempionatini eng qulay variant sifatida ko'rsatdi. Uning aytishicha, u yerda maoshlar yuqori, mojarolarni xush ko'rishadi va tajribali, yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati ham bor.
Mourinyoning “Benfika”si Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real”iga qarshi maydonga tushadi. Ilk uchrashuv 17-fevral kuni Portugaliyada bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!