Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytiradi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti milliy jamoa bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Athletic xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassisning Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan yangi kelishuvi deyarli tayyor: faqat ayrim rasmiy jarayonlarni yakunlash qoldi.
Braziliya tarixidagi ilk xorijlik murabbiy boshchiligida jamoa 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichini muvaffaqiyatli ortda qoldirdi.
Mundialning final bosqichida braziliyaliklar Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bir guruhdan o'rin oldi.
Braziliyaning guruhdagi uchrashuvlari 13, 19 va 24 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Avvalroq Anchelotti yozda "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!