Naumov Mourinyu uchun Saudiya Arabistonini mos ko'rdi

"Lokomotiv"ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan chempionat haqida fikr bildirdi. U bu boradagi mulohazalarini "Yevro-Futbol.Ru" nashriga bergan intervyusida aytib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning ta'kidlashicha, Mourinyu uchun eng to'g'ri yo'l — biroz tanaffus qilish. Uning fikricha, portugaliyalik mutaxassis futbol tendensiyalaridan ortda qolgan: avvallari sirli, kutilmagan va original uslubi bilan tanilgan Murabbiy hozirda oddiyroq va ko'zga tashlanmaydigan darajaga tushib qolgan.
Naumov Mourinyuga Saudiya Arabistoni chempionati mos kelishini aytdi: u yerda maoshlar yuqori, shov-shuv va mojarolarni yaxshi ko'rishadi, shuningdek, tajribali, yoshi katta yulduzlar bilan ishlash imkoniyati bor. Ekspertning fikricha, aynan shu liga Mourinyu uchun qulay variant bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Mourinyu boshqaruvidagi "Benfika" Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning "Real"iga qarshi maydonga tushadi. Ilk uchrashuv 17 fevral kuni Portugaliyada bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!