Jikiya Antalyasporidagi holati haqida savollarga javob berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati va klubdagi vaziyati borasida qisqa izoh berdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan videoni «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiya «Antalyaspor»dagi ishlari joyida ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, klubdagi holat ham, Turkiyadagi sharoit ham uni to‘liq qoniqtirmoqda.
Jikiya «Antalyaspor»ga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgan. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ulgurdi.
Ayni paytda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing