Di Mariya Argentinada simulyatsiya da'volari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytgach, dastlabki ijobiy natijalardan so'ng bosim kuchaydi. Biroq bu safar gap uning o'yinidan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislar noroziligi haqida ketmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionatidagi bahslarda "Rosario Sentrall" safida harakat qilayotgan sobiq "Manchester Yunayted" va "Real" futbolchisini ko'pchilik maydonda yiqilishlar va penalti so'rashga urinishlarda ayblayapti. Mahalliy forumlarda "nega di Mariyani hiylalari uchun ogohlantirishmaydi", "yulduz, lekin bu harakatlari joniga tegdi" kabi tanqidiy izohlar tobora ko'paymoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing