Turkiyada 23 yoshli yigit 16 yoshli qizni pichoqladi

Joriy yilning 10 fevral kuni Turkiyaning Ig‘dir shahrida 23 yoshli yigit yo‘lda uchratgan 16 yoshli qizni pichoqlagan. Bu haqda DHA axborot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Jumhuriyat tumanidagi Jumhuriyat ko‘chasida sodir bo‘lgan. Y.B. ko‘chada harakatlanayotgan paytda qarshisidan kelayotgan 3 nafar qizning birini to‘xtatib, uni qornidan pichoqlagan.
Atrofdagi fuqarolar zudlik bilan tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan. Yaralangan qiz shifoxonaga olib borilgan, u yerda unga tibbiy yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlab qolingan. Hodisa ortidan qo‘lga olingan Y.B. tergov jarayonida D.B.ni tanimasligini bildirgan.
“Uyimdan chiqdim va birini pichoqlashim kerak, dedim”, degan Y.B.
Shundan so‘ng u yo‘lda qarshisidan chiqqan qizni pichoqlagani qayd etilmoqda. Jinoiy sud esa uni “qasddan odam o‘ldirishga urinish” aybi bilan qamoqqa olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!