Pochettino Messii, Neymar va Mbappeni boshqarish qiyin dedi

PSJ sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yulduz futbolchilar bilan ishlash oson emasligini ta'kidladi. Argentinalik mutaxassis Parijda hujum chizig'ida Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe uchligini boshqargan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pochettinoning fikricha, bu darajadagi futbolchilar ba'zan o'ynayotgan klubidan ham kattaroq ta'sirga ega bo'ladi. U, xususan, Messidan doimiy pressing kutish noto'g'ri ekanini aytib, Leo Gvardiola davridagi eng yaxshi yillarida ham buni muntazam qilmaganini eslatdi. Murabbiy The Touchline nashriga ko'ra, natija bo'lmasa, ayb ko'pincha bosh murabbiy zimmasiga yuklanishini qo'shimcha qilgan.
Hozirda Pochettino AQSH terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. OAVda esa u yozda yana “Tottenhem”ga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!