Vengriya murabbiyi Soboslaining orzusi doim Real bo'lganini aytdi

Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi Dominik Soboslaining kelajagi borasidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi. Avvalroq OAVda yarim himoyachi “Liverpul”ni tark etib, “Real”ga yo'l olishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rossi The Touchline nashriga bergan izohida, Soboslai bolaligidan beri “Real”ni o'ziga eng katta maqsad qilib qo'yganini ta'kidladi. Murabbiyga ko'ra, Dominik futbol bilan shug'ullana boshlagan ilk kunlardan boshlab uning orzusi faqat bitta bo'lgan — Madrid klubida to'p surish.
2025/2026 yilgi mavsumda Soboslai “Liverpul” safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali 25 yoshli venger futbolchisini 85 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!