Tochilin Golovinning o'yiniga baho berib, ijobiy davr kutmoqda

Bir paytlar Moskvaning «Dinamo» klubida himoyachi sifatida to'p surgan murabbiy Aleksandr Tochilin «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning so'nggi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Golovin «Nant»ga qarshi bahsda ikki bor golli uzatma muallifiga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tochilinning ta'kidlashicha, har qanday samarali harakat futbolchining ruhiy holati va jamoa ichidagi ishonchiga ijobiy ta'sir qiladi. «Umid qilamizki, ayni paytda uning uchun oq chiziq boshlanyapti», — deya murabbiy so'zlarini «Sport Den Za Dnyom» nashri keltiradi.
Joriy mavsumda 29 yoshli rossiyalik barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali Golovinning bozor qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!