date

Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatni esladi

Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatni esladi

«Qayrat» himoyachisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi «Arsenal»ga qarshi bahsdan keyin londonliklar futbolchisi Kayo Haverts bilan bo‘lgan qiziqarli muloqot haqida gapirib berdi. Nemis yarimhimoyachisiga Martynovichning chehrasi juda tanish tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martynovichning aytishicha, Haverts: «Nimadir, yuzing menga juda tanish», degan. Bunga javoban Aleksandr avvalroq «Bayer»ga qarshi o‘yinlarni eslatib, o‘sha paytda raqibni yengib o‘tishganini aytgan. Shuningdek, Haverts «Chelsi» safida to‘p surgan davrda ham ular bir necha bor ro‘baro‘ kelishganini ta’kidlagan.

Futbolchi kolleksiyasida Havertsning o‘yin futbolkasi ham borligini qo‘shimcha qildi. Martynovich avvalroq Rossiya chempionatida «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» klublarida ham to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Qayrat» yanvar oxirida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida uchrashgan. Londonda bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatni esladi