Portugaliya murabbiyi Ronalduning terma jamoadagi o'rnini ta'kidladi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan ishlash jarayoni haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, Ronalduni mashg'ulotlarda boshqarish oson, u esa jamoadoshlariga haqiqiy namuna bo'lib xizmat qiladi. Martines Ronaldu terma jamoa safida o'ynash uchun qanday talablar kerakligini amalda ko'rsatishini, shuningdek, u tug'ma to'purar va Portugaliya uchun juda muhim futbolchi ekanini ta'kidladi.
Ronaldu milliy jamoa safida 226 ta uchrashuvda maydonga tushib, 143 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Klub darajasida esa hujumchi 2023 yil yanvaridan beri Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Ronaldu so'nggi bir nechta o'yinlarni boykot sabab o'tkazib yuborgani qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!