date

Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

Rossiyalik himoyachi Georgiy Jikiyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, futbolchi “Antalyaspor”da maoshlar kechiktirilayotgani sababli vaziyatdan norozi va shu tufayli Rossiya Premer-ligasidagi klublar variantlarini ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, to'lovlar noyabr oyidan beri ushlanib kelmoqda, qolgan jihatlarda esa Jikiya Turkiyadagi hayotidan mamnun.

32 yoshli futbolchi “Antalyaspor” safiga o'tgan yilning yozida kelib qo'shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Turkiya Superligasining joriy mavsumida Jikiya 12 uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin