Slutskining Shanhay Shenxua klubi Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi

Osiyo Chempionlar ligasida seshanba kuni Xitoyning «Shanhay Shenxua» jamoasi Yaponiya vakili «Matida Zelviya»ga qarshi maydonga tushdi. Leonid Slutskiy boshqaruvidagi klub 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda xitoyliklar o'yin boshidayoq gol o'tkazib yubordi, yakunda esa yana bir bor darvozasi ishg'ol qilindi. «Matida Zelviya» safida Yuki Soma dubl muallifiga aylandi.
Bu natijadan so'ng «Shanhay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Umumiy bosqichning yetti turidan keyin Slutskiy jamoasi atigi 4 ochko to'plagan.
Eslatib o'tamiz, Leonid Slutskiy «Shanhay Shenxua»ni 2023 yil oxirida qabul qilib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing