Xiaomi 17T seriyasi 28-may kuni xalqaro bozorda taqdim etiladi

Xiaomi kompaniyasi Xiaomi 17T turkumidagi yangi smartfonlar 28-may kuni xalqaro bozorda rasman taqdim etilishini eʼlon qildi. Bu haqda brendning ijtimoiy tarmoqlardagi global sahifalarida maʼlumot berildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kompaniya vakillari ushbu yangilanishni oʻz tarixidagi eng yirik oʻzgarish deb atamoqda. "Kutish vaqti deyarli yakunlandi. Xiaomi 17T seriyasi 28-may kuni sotuvga chiqadi. Kalendarlaringizga belgilab qoʻying", — deyiladi rasmiy bayonotda.
Tizer suratlarida smartfonning orqa qismida kvadrat shaklida joylashgan toʻrtta yirik kamera linzasi yaqqol koʻzga tashlanadi. Bu dizayn qurilmaning fotografiya imkoniyatlariga alohida urgʻu berilganidan dalolat beradi.
Garchi Xiaomi hali texnik xususiyatlar boʻyicha rasmiy maʼlumotlarni oshkor qilmagan boʻlsa-da, insayderlar tomonidan sizdirilgan maʼlumotlar tufayli smartfonning asosiy imkoniyatlari allaqachon maʼlum boʻlib ulgurgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!