date

Martynovich Haverts bilan qiziqarli suhbatini eslab berdi

Martynovich Haverts bilan qiziqarli suhbatini eslab berdi

«Kairat» futbolchisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yindan keyin londonliklar hujumchisi Kayu Haverts bilan bo‘lgan kulgili suhbat haqida gapirib berdi. Nemis futbolchisiga Martynovichning chehrasi tanish tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martynovichning aytishicha, Haverts: «Nega bilmadim, yuzing menga juda tanish», degan. Shunda «Kairat» himoyachisi avvalroq «Bayer»ga qarshi o‘yinlarni eslatib, o‘sha paytda raqibni qiyin ahvolga solib, keyingi bosqichga o‘tishganini aytgan. Shuningdek, Haverts «Chelsi»da to‘p surgan davrda ham ular bir necha bor maydonda to‘qnash kelishgan.

Martynovich Havertsning o‘yin futbolkasi uning shaxsiy kolleksiyasida borligini ham qo‘shimcha qildi. Aleksandr faoliyatining bir qismida Rossiyada ham o‘ynagan — u «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» sharafini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Kairat» yanvar oxirida Chempionlar ligasining umumiy bosqichi so‘nggi turida uchrashgan. London klubi uyida 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martynovich Haverts bilan qiziqarli suhbatini eslab berdi