date

Rodri jarohat sababli "Man Siti"ning "Bernli"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi

Rodri jarohat sababli "Man Siti"ning "Bernli"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi

"Man Siti" yarim himoyachisi Rodri chov qismidagi jarohat sababli Premyer-liganing navbatdagi turida "Bernli"ga qarshi maydonga tusha olmaydi. 2024-yilgi "Oltin to'p" sohibi "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alabali o'yinda oqsoqlangan holda maydonni tark etgan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Xosep Gvardiola ispaniyalik futbolchining safga qaytish muddati hozircha aniq emasligini tasdiqladi. Shifokorlar tekshiruvi Rodri nafaqat "Bernli", balki Angliya kubogi yarim finali doirasidagi "Sautgempton" bilan bahsni ham o'tkazib yuborishi mumkinligini ko'rsatmoqda.


"O'ylaymanki, u ertangi o'yinga tayyor emas. Keyingi bahslarda, xususan, "Sautgempton" yoki 12 kundan keyin "Everton"ga qarshi o'yinda uning holatiga qarab qaror qabul qilamiz", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Rodri yo'qligida tayanch yarim himoyasi vazifasini Niko Gonsales bajarishi kutilmoqda. Murabbiy Gonsalesning imkoniyatlarini yuqori baholab, u avval ham jamoaga qiyin vaziyatlarda yordam berganini ta'kidlab o'tdi.


"Man Siti" tarkibida himoya chizig'ida ham muammolar mavjud. Ruben Dias to'pig'idan olgan jarohati sababli tiklanishni davom ettirmoqda va "Bernli" bilan o'yinda ishtirok etmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rodri jarohat sababli "Man Siti"ning "Bernli"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi