Muhammad Saloh jarohatdan soʻng kelajagi boʻyicha muhim qaror oldida...

Muhammad Saloh jarohatdan soʻng kelajagi boʻyicha muhim qaror oldida...
Qisqacha

Muhammad Salah jarohatidan so'ng kelajagi bo'yicha muhim qaror qabul qilish arafasida. "Liverpool"ning asosiy o'yinchisi joriy mavsumni muddatidan oldin tugatishga majbur bo'ldi va endi uning kelajak rejalari haqida turli mish-mishlar tarqalmoqda. Eng ko'p muhokama qilinayotgan variantlardan biri - Salahning "An-Nasr" klubiga o'tishi, bu yerda Kriştianu Ronalduning ham o'ynashi kutilmoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, Saudiya ligasi yana bir yulduzga ega bo'ladi va Salah uchun yangi chaqiriq boshlanadi.

“Liverpul”ning asosiy figuralaridan biri boʻlgan Muhammad Saloh jarohat sabab joriy mavsumni muddatidan oldin yakunlashga majbur boʻldi. Endi tajribali hujumchi oldida yangi savol — keyingi qadam qayerga?

Ayni vaqtda bir qator nufuzli manbalar misrlik yulduzning kelajak rejalari atrofida turli ssenariylarni muhokama qilmoqda. Eng koʻp tilga olinayotgan variantlardan biri — Saudiya Arabistoni chempionatiga koʻchish.

Xususan, Saloh kelasi mavsumni “An-Nasr” safida boshlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu klubda allaqachon Krishtianu Ronaldu kabi superyulduz harakat qilmoqda va jamoa yanada kuchayishni maqsad qilgan.

Goal va Okaz nashrlariga koʻra, “An-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush ushbu transfer gʻoyasini toʻliq qoʻllab-quvvatlagan. Portugaliyalik mutaxassis Salohni oʻz taktik tizimiga moslashtirish va jamoada muhim rol berishni rejalashtirmoqda.

Bu transfer amalga oshsa, Saudiya ligasi yana bir katta yulduzga ega boʻladi. Shu bilan birga, Saloh uchun ham yangi chaqiriq va yangi bosqich boshlanishi mumkin.

Qisqacha aytganda, hozircha hammasi “rejim: oʻylash”da. Lekin agar bu transfer amalga oshsa — ligada shou 100%.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar