Tuxel Fodenni JCH qaydnomasidan tushirib qoldirishi mumkin

Tuxel Fodenni JCH qaydnomasidan tushirib qoldirishi mumkin
Qisqacha

Tuxel Fodenning Jahon chempionatiga olib borilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. U Fodennning klubdagi yaxshi o'yinini xalqaro maydonga ko'chira olmayotganidan xavotirda. Foden jamoada 49 o'yinda faqat 4 gol urgan, bu esa uning JCHda ishtirok etishiga shubha tug'dirmoqda. Muraabbiy, agar Foden o'zini yaxshilamasa, 20 mayda e'lon qilinadigan yakuniy tarkibda bo'lmasligi mumkinligini aytdi.

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Man Siti» yulduzi Fil Fodenning jahon chempionatidagi o'rni borasida jiddiy ogohlantirish berdi. Murabbiy futbolchining klubdagi yorqin o'yinini xalqaro maydonga ko'chira olmayotganidan xavotirda ekanini bildirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Urugvay va Yaponiya bilan o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinlaridagi omadsiz ishtirokdan so'ng, Fodenning iyun oyida AQShda bo'lib o'tadigan turnirga borishi shubha ostida qoldi. Futbolchi terma jamoa safida 49 ta o'yinda bor-yo'g'i 4 ta gol urgan, klubida esa 360 ta bahsda 110 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

Tuxel Fodenni JCH qaydnomasidan tushirib qoldirishi mumkin

Tomas Tuxel futbolchining mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatayotganini, biroq maydonda kutilgan natijani bermayotganini ta'kidladi. Nemis mutaxassisi 20 may kuni e'lon qilinadigan yakuniy tarkibda Foden bo'lmasligi mumkinligini ochiqchasiga aytdi.

25 yoshli yarim himoyachi endi bor e'tiborini «Man Siti»dagi o'yinlariga qaratishi lozim. Angliya terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichida Xorvatiya, Gana va Panama bilan kuch sinashadi.

Tuxel Fodenni JCH qaydnomasidan tushirib qoldirishi mumkin
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar