Modrich operatsiyad qilindi: «Milan» uning holati boʻyicha maʼlumot berdi

“Milan” klubi oʻz rasmiy manbalari orqali jamoa yarim himoyachisi Luka Modrichning sogʻligi haqida yangilangan maʼlumotni eʼlon qildi. Xorvatiyalik tajribali futbolchi dүshanba kuni Milandagi ixtisoslashgan klinikalardan birida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.
Maʼlum qilinishicha, 40 yoshli futbolchida chap yonok suyagining koʻp boʻlakli sinishi aniqlangan va shu sababli operatsiya oʻtkazish zarur boʻlgan. Tibbiy aralashuv muvaffaqiyatli oʻtgani taʼkidlanmoqda.
Klub bayonotida Modrichga tezroq sogʻayish tilab qolingan va uning Jahon chempionati oldidan toʻliq tiklanishiga umid bildirilgan. Bu esa muxlislar uchun muhim signal — u xalqaro maydonda yana koʻrinish berishi mumkin.
“Klub Modrichga Jahon chempionati oldidan tezroq sogʻayib ketishini tilaydi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq maʼlum qilinganidek, Modrich joriy mavsumda “Milan” safida boshqa oʻyinlarda ishtirok eta olmaydi. Ammo u mundialga tayyor holda yetib borishi kutilmoqda.
Ayni paytda “rossonerilar” A Seriya jadvalida 67 ochko bilan 3-oʻrinda bormoqda va yuqori pozitsiyani saqlab qolish uchun kurashni davom ettiryapti.
Qisqacha aytganda, Modrich “pause”da — lekin “game over” emas. Asosiy maqsad — katta sahnaga yana qaytish.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!