"Bavariya" Kane bilan shartnomani 2027-yildan keyingi muddatga uzaytirmoqchi

1 daqiqa o'qish200
"Bavariya" Kane bilan shartnomani 2027-yildan keyingi muddatga uzaytirmoqchi

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchi Harri Kane bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni tezlashtirdi. Sky nashri xabariga ko'ra, tomonlar yangi bitimni 11 iyun kuni boshlanadigan Jahon chempionatiga qadar rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Germaniya rekordchisi futbolchi va uning oilasidan ijobiy javob olgan. Klub sobiq rahbari Karl-Xaynts Rummenigge hujumchining jamoada qolish istagini tasdiqladi.

"Bavariya" Kane bilan shartnomani 2027-yildan keyingi muddatga uzaytirmoqchi

Uning so'zlariga ko'ra, Kane shartnomadagi tovon puli bandidan foydalanmagani uning Myunxenda qolish niyati qat'iy ekanini anglatadi.

Sport direktori Maks Eberl ham bu pozitsiyani qo'llab-quvvatlab, mavsum yakunlangach futbolchi bilan muzokaralar stoli atrofida yechim topilishini ma'lum qildi. Kane 2023-yilda "Tottenxem"dan 100 million yevro evaziga transfer qilingan edi.

Hujumchi yangi murabbiy Vinsent Kompani qo'l ostida o'yin uslubini o'zgartirib, ko'proq pleymeykerlik vazifasini ham bajarmoqda. U hozirga qadar myunxenliklar safida 141 ta uchrashuvda maydonga tushib, 138 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Kanening amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo'ljallangan. Futbolchining o'zi ham Myunxenda baxtli ekanini va bor e'tiborini "Bavariya"dagi faoliyatiga qaratganini ta'kidladi.

Bu esa uning yaqin orada Angliya Premyer-ligasiga qaytishi haqidagi gap-so'zlarga chek qo'ydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?