date

Tomas Tuxel JCH-2026 uchun Angliya terma jamoasi tarkibini saralab oldi

Tomas Tuxel JCH-2026 uchun Angliya terma jamoasi tarkibini saralab oldi

Tomas Tuxel boshqaruvidagi Angliya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan tarkibni saralash jarayonini davom ettirmoqda. Garchi jamoa o'yinida barqarorlik yetishmayotgan bo'lsa-da, «Uch sherlar» tarkibdagi mahoratli ijrochilar va zaxira kuchi evaziga turnir favoritlari qatorida qolmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Terma jamoa sardori Garri Keyn, shuningdek, «Arsenal» yulduzlari Deklan Rays va Bukayo Saka Tuxel rejasidagi daxlsiz futbolchilar hisoblanadi. Darvozabon Jordan Pikford ham o'z pozitsiyasidagi birinchi raqamli maqomini saqlab qolgan.


«Chelsi» himoyachisi Ris Jeyms esa Tuxel uchun o'ng qanotdagi asosiy tanlov bo'lib qolmoqda.

«Real Madrid» yulduzi Jud Bellingemning jamoadagi o'rni bir muddat so'roq ostida qolgan edi. Tuxel jamoaviy o'yinni shaxsiy mahoratdan ustun qo'yishini ta'kidlagan bo'lsa-da, Bellingem so'nggi uchrashuvlardagi harakatlari bilan murabbiy ishonchini qaytara oldi.


Shuningdek, «Manchester Siti» himoyachisi Mark Guexi ham jamoaning yangi yetakchilaridan biri sifatida ko'rilmoqda.

«Aston Villa» vakillari Morgan Rojers va Ezri Konsa, shuningdek, «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Anderson Tuxelning ishonchli vakillari qatoriga kirdi. «Barselona»da ijara asosida to'p surayotgan Markus Rashford va «Nyukasl» hujumchisi Entoni Gordon ham yakuniy ro'yxatdan joy olishi kutilmoqda.

Himoya chizig'ida Jon Stounzning jismoniy holati hamon xavotir uyg'otmoqda. Chap qanot himoyasi uchun Lyuis Xoll va Niko O'Reyli o'rtasida raqobat kuchaygan.

Yarim himoyada esa Kobbi Maynu va Adam Uorton Tuxelning e'tiborida turibdi. «Manchester Siti» yulduzi Fil Foden esa hozircha asosiy tarkib uchun kurashni davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tomas Tuxel JCH-2026 uchun Angliya terma jamoasi tarkibini saralab oldi