date

Fil Foden Gaskoyn uslubida yangi soch turmagini tanladi

Fil Foden Gaskoyn uslubida yangi soch turmagini tanladi

"Man Siti" yarim himoyachisi Fil Foden Yevropa chempionati oldidan o'z qiyofasini yangiladi. Futbolchi sochlarini oq rangga bo'yab, Angliya terma jamoasining sobiq yulduzi Pol Gaskoynning Yevro-96 musobaqasidagi ko'rinishini takrorladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Fodenning so'zlariga ko'ra, u uzoq vaqt davomida bir xil soch turmagida yurganidan so'ng yangilik qilishga qaror qilgan. Futbolchi o'zining yangi ko'rinishi ijtimoiy tarmoqlarda Gaskoyn va Eminem bilan qiyoslanayotganidan hayratda ekanini bildirdi.

«Gaskoyn mamlakat uchun qanchalik muhim inson bo'lganini yaxshi bilaman. Agar maydonda uning o'yin uslubidan namunalar ko'rsata olsam, bu jamoa uchun juda foydali bo'lar edi», — deydi 21 yoshli yarim himoyachi.

Angliya terma jamoasi muxlislari Fodenning ushbu o'zgarishi jamoaga omad keltirishiga umid qilmoqda. Gaskoyn 25 yil avval aynan shunday soch turmagi bilan inglizlarni yarim finalga qadar boshlab borgan edi.

Fil Foden yakunlangan mavsumda Angliya Premyer-ligasi va Liga kubogida g'olib chiqdi. Shuningdek, u professional futbolchilar assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi deb e'tirof etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fil Foden Gaskoyn uslubida yangi soch turmagini tanladi