Stounz Fodenning Angliya terma jamoasidagi o'yinini yuqori baholadi

"Man Siti" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Jon Stounz jamoadoshi Fil Fodenning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Tajribali himoyachi 22 yoshli futbolchining mahorati va maydondagi harakatlarini alohida e'tirof etdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Stounzning ta'kidlashicha, Foden o'z yoshiga nisbatan juda katta futbol bilimiga ega. Himoyachi Filning maydonda o'zini erkin tutishi va o'yin uslubini «qo'rqinchli darajada kuchli» deb atadi.
Uning so'zlariga ko'ra, Angliya terma jamoasi va «Man Siti» bunday iqtidor egasiga ega bo'lganidan juda omadli.
Garchi ko'plab mutaxassislar va muxlislar Fodenni asosiy tarkibda ko'rishni istashsa-da, Garet Sautgeyt hozircha unga kamroq imkoniyat bermoqda. Guruh bosqichidagi uchta o'yindan faqat bittasida asosiy tarkibda maydonga tushgan Fil Uelsga qarshi bahsda gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Endilikda Foden yakshanba kuni Senegalga qarshi bo'lib o'tadigan nimchorak final uchrashuvida asosiy tarkibdan joy olishga umid qilmoqda. Stounz esa aksincha, turnir boshidan buyon barcha o'yinlarda Garri Maguayr bilan birga himoya markazida harakat qilib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!