date

Valverde Realning Chempionlar ligasidagi imkonini baholadi

Valverde Realning Chempionlar ligasidagi imkonini baholadi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoasining joriy Chempionlar ligasi mavsumida g'olib chiqish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Qirollik klubi» bu mavsumda barqaror o'yin namoyish etayotgani yo'q, shu sababli Alvaro Arbeloa boshqaruvidagi jamoa hozircha turnirning asosiy favoritlari qatorida tilga olinmayapti.

«Chempionlar ligasini yuta olamizmi? «Real» sardori bunday savolga “yo‘q” deb javob bersa, bu uyat bo‘lardi. Kerak bo‘lsa, kuniga to‘rt soatlab mashg‘ulot qilamiz. Bu klub futbolchilaridan 100 foiz futbol va g‘alabalarga jamlanishni talab qiladi», — deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Madridliklar pley-offning saralash bosqichida «Benfika»ga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Lissabonda, javob bahsi esa 25 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Valverde Realning Chempionlar ligasidagi imkonini baholadi