"Inter" Italiya Kubogi yarim finalida "Komo" ustidan qiyin gʻalabaga erishdi

Italiya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida "Inter" oʻz maydonida "Komo"ni qabul qildi va 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyin kutilmagan voqealarga boy boʻldi: mehmonlar safida Martin Baturina (32-daqiqa) va Lyuka Da Kunya (48-daqiqa) gollar urib, "Komo"ni hisobda oldinga olib chiqishdi. Biroq, "Inter" iroda koʻrsatdi — Xakan Chalxanogluning dubli (69, 86-daqiqalar) va Petar Suchichning (89-daqiqa) soʻnggi daqiqalardagi goli mezbonlarga gʻalaba keltirdi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra "Inter" 3:2 hisobida ustun keldi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, "Inter" oʻyin davomida yaqqol ustunlikka ega boʻldi. Mezbonlar toʻp nazoratini 62% darajasida ushlab turishdi va raqib darvozasi sari 19 ta zarba yoʻllashdi (shundan 6 tasi aniq). "Komo" esa 16 ta zarba (7 tasi aniq) bilan xavfli qarshi hujumlar uyushtirdi. "Inter" futbolchilari 563 ta pas uzatib, 90% aniqlik qayd etishgan boʻlsa, mehmonlarda bu koʻrsatkich 356 ta pas va 87% aniqlikni tashkil etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!