Abduqodir Husanov APLda yoshlar reytingida kuchlilar qatoriga kiritildi

Zamonaviy futbolda 23 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar klublar uchun oddiy isteʼdod emas, balki haqiqiy drayverga aylanib ulgurdi. Shu sababli futbol tahlillariga ixtisoslashgan CIES Football Observatory muntazam ravishda aynan shu yosh toifasidagi futbolchilarning o‘yinini chuqur o‘rganib boradi.
Markaz mutaxassislari 67 ta ligani qamrab olgan keng ko‘lamli tahlil natijasida jahon bo‘ylab 23 yoshgacha bo‘lgan eng samarali futbolchilar reytingini shakllantirdi. Eʼtiborli jihati, bu safar baholashda futbolchilarning salohiyati emas, balki so‘nggi olti oydagi amaliy natijalari — o‘yindagi barqarorlik, maydondagi taʼsiri va individual statistikasi asos qilib olindi.
Ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘rin oldi. 22 yoshli legionerimiz Angliya Premyer-ligasida 79,9 ball bilan 19-o‘rinni egallab, kuchlilar qatoriga kirdi.
Mutaxassislar Husanovning cheklangan o‘yin vaqtiga qaramay, hujumlarni boshlashda va to‘p bilan chiqishda namoyon etayotgan ishonchli o‘yinini alohida taʼkidlashmoqda. Qisqasi, maydondagi har daqiqa u uchun “proof mode” — o‘zini isbotlash rejimi.
APLdagi reytingda esa birinchi o‘rinni Florian Virts (Liverpul) 93,8 ball bilan egalladi. Undan keyin Rayan Sherki (Manchester Siti) va Lyuis Xoll (Nyukasl Yunayted) joylashgan.
CIES versiyasiga ko‘ra APLdagi 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchilar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Florian Virts (“Liverpul”) — 93,8
2. Rayan Sherki (“Manchester Siti”) — 90,0
3. Lyuis Xoll (“Nyukasl Yunayted”) — 87,7
4. Niko O‘Rayli (“Manchester Siti”) — 87,5
5. Milosh Kerkez (“Liverpul”) — 85,8
6. Alexandro Garnacho (“Chelsi”) — 85,4
7. Adam Uorton (“Kristal Pelas”) — 85,3
8. Malo Gyusto (“Chelsi”) — 84,1
9. Maykl Kayode (“Brentford”) — 82,6
10. Xavi Simons (“Tottenxem”) — 82,1
11. Aleks Ximenes (“Bornmut”) — 81,6
12. Yankuba Mintex (“Brayton”) — 81,6
13. Omari Xatchinson (“Nottingem Forest”) — 81,2
14. Konor Bredli (“Liverpul”) — 80,9
15. Lyuis Mayli (“Nyukasl Yunayted”) — 80,8
16. Mateus Fernandes (“Vest Xem Yunayted”) — 80,8
17. Aleks Skott (“Bornmut”) — 80,6
18. Noy Sadiki (“Sanderlend”) — 80,2
19. Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”) — 79,9
20. Yasin Ayari (“Brayton”) — 79,7.
Eslatib o‘tish joiz, joriy mavsumda Husanov "Manchester Siti" tarkibida Angliya Liga kubogida g‘olib chiqib, Yevropadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. Hozirda “shaharliklar” ham Angliya Premyer-ligasi, ham mamlakat kubogida chempionlik uchun jiddiy kurash olib bormoqda.
Qisqasi, Husanov hali 22 yoshda, lekin allaqachon katta sahnada. Agar shunday tempda ketsa — bu faqat boshlanishi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!