date

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab kuchli yomg‘ir kutilmoqdami?

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab kuchli yomg‘ir kutilmoqdami?

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 22 aprel kuni O‘zbekistonning qator hududlarida ob-havo beqaror bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida osmon qisman bulutli bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib, 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim paytlarda 12–14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi havo +17…+19 daraja, kunduzi esa +24…+26 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda ob-havo o‘zgaruvchan tus oladi. Ayrim joylarda qisqa yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. G‘arbdan esadigan shamol 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar keltirib chiqarishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +18…+23 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo beqaror. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shamol esa 13–18 m/s gacha kuchayib, changli bo‘ronlar kuzatilishi xavfi bor. Kechasi +13…+18, kunduzi +20…+25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda osmon bulutli bo‘lib, yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, kuchli esishi va chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi +15…+20, kunduzi +22…+27 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda ham yog‘ingarchilik ehtimoli bor. Ayrim joylarda yomg‘ir va chaqmoq kuzatilib, shamol 18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi +17…+22, kunduzi +24…+29 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida (Andijon, Namangan, Farg‘ona) kun davomida asosan quruq ob-havo saqlanadi. Faqat kechga yaqin ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13…+18, kunduzi +22…+27 daraja atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa vaziyat ancha jiddiy. Yomg‘ir va momaqaldiroqlar kuzatilishi, 21–23 aprel kunlari esa kuchli yog‘ingarchilik sabab sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi xavfi mavjud. Shamol 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7…+12, kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.

Umuman olganda, ertaga mamlakat bo‘ylab ob-havo beqaror kechishi kutilmoqda. Shu bois aholiga ehtiyotkor bo‘lish va ob-havo o‘zgarishlariga tayyor turish tavsiya etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugun O‘zbekiston bo‘ylab kuchli yomg‘ir kutilmoqdami?