date

Garri Keyn Levandovski rekordini yangilash imkonini baholadi

Garri Keyn Levandovski rekordini yangilash imkonini baholadi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn Bundesliganing shanba kungi uchrashuvida «Verder» darvozasiga ikki bor gol urib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Angliyalik forvard 22-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi, 25-daqiqada esa o‘yindan gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

32 yoshli futbolchi Germaniya chempionatining joriy mavsumida 12 tur qolgan bir paytda 26 ta gol bilan to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda. O‘yindan so‘ng jurnalistlar undan Robert Levandovskining Bundesligadagi 41 gollik rekordiga yetib borish imkoniyati haqida so‘rashdi.

«Hammasi bo‘lishi mumkin, ammo hozircha bu natijadan ancha uzoqdaman. Bu rekord — aqlbovar qilmas darajada. Hozir formam yaxshi, jamoaga foydam tegayotganidan xursandman. Aprel oyida qanday holatda bo‘lishimni ko‘ramiz, shundan keyin rekord haqida o‘ylayman. Hozir esa keyingi o‘yinga e’tibor qaratish kerak», — deya Keynning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

«Verder»ga urilgan ikkinchi gol esa Keyn uchun faoliyatidagi 500-gol bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Levandovski rekordini yangilash imkonini baholadi